Bolajonlar uchun unutilmas bayram tuhfasi
2026-06-02 14:50:00 / Yangiliklar

Bayram dasturi doirasida viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar uchun “Ertaklar olamiga sayohat” nomli musiqiy spektakl namoyish etildi.
Spektakl davomida ertak qahramonlarining yorqin obrazlari, rang-barang sahna ko‘rinishlari hamda jozibador musiqiy chiqishlar bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, aktyorlarning mahoratli ijrosi kichik tomoshabinlarni sehrli ertaklar olamiga yetaklab, ularga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar ham farzandlarining samimiy quvonchi va ko‘tarinki kayfiyatiga guvoh bo‘lib, teatr san’atining yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatini yana bir bor e’tirof etdi.
Darhaqiqat, teatr azaldan tarbiya va ma’rifat maskani sifatida inson kamolotida muhim o‘rin tutib keladi. Sahna asarlari orqali bolalarning dunyoqarashi kengayadi, estetik didi yuksaladi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi mustahkamlanadi. Namoyish etilgan musiqiy spektaklda ham aynan shunday tarbiyaviy g‘oyalar qiziqarli voqealar va ertakona syujetlar orqali mahorat bilan yoritildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






