Mehr va eʼtibor bolalar qalbini shod etdi
2026-06-01 17:50:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda shifoxonada davolanayotgan bolalarning holidan xabar olinib, ularga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Tadbir davomida har bir bolaning sogʻligʻi, kayfiyati va davolanish jarayoniga alohida eʼtibor qaratilib, ota-onalar bilan ham muloqotlar oʻtkazildi.
Bolajonlarga turli bayram sovgʻalari topshirilib, ular uchun quvonchli va unutilmas lahzalar yaratildi. Tadbir davomida bolalarning yuzidagi tabassum va ko‘tarinki kayfiyat bayramning eng katta natijasi bo‘ldi.
Mazkur xayriya tadbiri Yangi Oʻzbekistonda inson qadri va manfaatlarini taʼminlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa yosh avlodga mehr va eʼtibor ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Bunday tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati





