Beg‘uborsan, bolajon!
2026-06-01 14:05:00 / Yangiliklar

Unda harbiy xizmatchilarning farzandlari, harbiy qism hududida faoliyat yuritayotgan karate to‘garagi a’zolari hamda ularning ota-onalari faol ishtirok etdi.
Tadbir dasturidan o‘rin olgan shaxmat, shashka, badminton va milliy kurash bo‘yicha musobaqalar bolalarning jismoniy chiniqishi, mantiqiy fikrlashi hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘z tengdoshlari bilan do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida bellashib, o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyon etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan rasmlar tanlovida bolalar Vatan, tinchlik, ona yurt ravnaqi va baxtli bolalik mavzularidagi ijodiy ishlari bilan qatnashdilar. Yosh rassomlarning beg‘ubor tasavvurlari aks etgan rang-barang suratlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bayram tadbirining yana bir muhim qismi harbiy qism muzeyiga uyushtirilgan ekskursiya bo‘ldi. Muzeyda bolajonlar harbiy qismning tashkil topish tarixi, uning bosib o‘tgan sharafli yo‘li, Vatan himoyachilarining fidokorona xizmat faoliyati hamda yurt tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Tadbir davomida bolalar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar dasturlar, ijodiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, bolalarning quvonchli chehralari va samimiy taassurotlari bayramning asosiy mazmunini yaqqol namoyon etdi.
Yakunda musobaqa va tanlovlarda faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









