Harbiy qismning shonli 33 yilligi munosib nishonlandi
2026-05-30 16:50:00 / Yangiliklar

Unda ishtirok etgan okrug qo‘shinlari qo‘mondoni harbiy qismning o‘tgan yillar davomida mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, jangovar shaylikni yuksaltirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida xizmat vazifalarini namunali ado etib kelayotgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bayramning badiiy qismida harbiy orkestr hamda taniqli san’atkorlar tomonidan Vatanga muhabbat, xalq va armiya birligi, tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Tadbir harbiy qismning sharafli tarixini e’tirof etish, uning boy an’analari va bugungi kunda yurtimiz tinchligi hamda xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini munosib qadrlash ruhida o‘tdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









