Qoʻmondonlik tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi
2026-05-30 15:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda qoʻmondonlikning oʻtgan davrdagi faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Tantanali yigʻilishda soʻzga chiqqan qoʻshinlar qoʻmondoni qoʻmondonlik boʻlinmalarida jangovar shaylik darajasini yuksaltirish, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash, malakali kadrlarni tayyorlash hamda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi. Shuningdek, xalq va armiya birligini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Sana munosabati bilan xizmat vazifalarini namunali ado etib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlar, koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va sport sohasidagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston oʻq otish sport federatsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlimi mutaxassislari hamda sportchi yoshlarga qoʻmondonlikning esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi hamda taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va sahna chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tantanali tadbir yurtimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash yoʻlida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni eʼtirof etish, ularning fidokorona mehnatini ragʻbatlantirish hamda jamoada yuksak maʼnaviy-ruhiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






