Hushyorlik va ogohlik — davr talabi
2026-05-28 17:20:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi madaniyat markazida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida soʻzga chiqqan mutaxassislar harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolarining huquqiy ongini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar, diniy-ekstremizm, fundamentalizm va mutaassiblikning salbiy oqibatlari haqida batafsil maʻlumot berdi hamda barchani hushyorlik va ogohlikka chaqirdi.
Bu kabi profilaktik tadbirlarning muntazam tashkil etilishi harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi, dunyoqarashi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





