Qashqadaryoda harbiy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari davom etmoqda
2026-05-26 17:50:00 / Yangiliklar

Yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu ta’lim muassasalariga joriy yilda Qashqadaryo viloyatidan qariyb 1500 nafar yosh hujjat topshirgan. Dastlabki bosqichda o‘tkazilgan diktant va jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan 1045 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ayni paytda nomzodlar uchun psixofiziologik o‘rganishga qaratilgan test sinovlari o‘tkazilmoqda. Sinovlar Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining maxsus test platformasi orqali zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilmoqda.
Mazkur bosqichda yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar yakuniy saralash jarayonida matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etadi.Sinovlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch, qat’iyat va mas’uliyat bilan ishtirok etayotgan ushbu yoshlar kelajakda Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qiladigan munosib harbiy kadrlar safini to‘ldirishi shubhasiz.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





