Xorazmda “Millat fidoyilari” kitobini taqdimoti oʻtkazildi
2026-05-26 17:40:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida “Millat fidoyilari” kitobining taqdimoti oʻtkazilib, unda asarning mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi oʻrni haqida batafsil maʻlumotlar berildi.
Taqdimot jarayonida ishtirokchilar kitobda yoritilgan jasorat, fidoyilik va milliy qadriyatlarni ulugʻlovchi jihatlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida tashkil etilib, yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Yakunda litsey kutubxonasi fondini boyitish maqsadida “Millat fidoyilari” kitobining 8 dona nusxasi Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyi kutubxonasiga sovgʻa qilindi.
Mazkur tadbir yoshlarni tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.





