Jangovar shaylik va jismoniy salohiyat sinovi
2026-05-25 14:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlarning bosh maqsadi harbiy xizmatchilarni jismonan chiniqtirish, ularning chidamliligi, tezkorligi va kuch salohiyatini oshirish orqali xizmat vazifalarini samarali va puxta bajarishga tayyorlashdan iboratdir.
Shu bilan birga, ommaviy sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda harbiy jamoalarda hamjihatlik va ijobiy ruhiy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shunday sport ishlari ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida ham yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar belgilangan normativlar asosida turli jismoniy mashqlarni bajarib, o‘zlarining tayyorgarlik darajasi va jismoniy salohiyatini namoyish etdilar.
Jarayon davomida Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari tomonidan ishtirokchilarning intizomi, chidamliligi hamda kasbiy mahorati sinchkovlik bilan baholab borildi.
Ta’kidlash joizki, bunday ko‘riklar nafaqat jismoniy tayyorgarlikni baholash, balki harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligi, iroda kuchi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, sport ishlari ko‘riklari harbiy xizmatchilarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning jangovar salohiyatini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.







