Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatini yorqin gʻalabalar bilan boshladi
2026-05-23 12:30:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari tomonidan namoyish etilgan mahorat va jangovar ruh alohida e’tirofga sazovor boʻldi. Olimpiada sovrindori, leytenant Svetlana Osipova +73 kilogramm vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun kelib, Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, +87 kilogramm vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Marat Mavlonov ham musobaqada munosib ishtirok etib, Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi. U finalga qadar boʻlgan janglarda yuqori jangovarlik, kuchli iroda va professional mahoratini namoyish etdi.
Bundan tashqari, -58 kilogramm vazn toifasida dayanga koʻtarilgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Omonjon Otajonov hamda -74 kilogramm vazn toifasida bahslarda qatnashgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimxojiyev Osiyo chempionatining bronza medallarini qoʻlga kiritib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir qator muhim yutuqlarni taqdim etdi.
Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda Oʻzbekiston delegatsiyasiga musobaqaning keyingi bahslarida ulkan zafar va yorqin gʻalabalar tilaydi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








