Harbiy texnikalarni temiryo‘l transportida tashish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-05-19 17:40:00 / Yangiliklar

Unda Termiz temir yo‘l bekati hamda harbiy harakatlar tarkibiy bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan qorovul shaxsiy tarkibi va mas’ullarga harbiy yuklarni temiryo‘l orqali tashishni tashkil etish yuzasidan nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Mashg‘ulot davomida harbiy texnikalarni platformalarga to‘g‘ri joylashtirish, mustahkam bog‘lash, xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish hamda yuklash-tushirish jarayonlarida o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jangovar va kundalik vazifalarni o‘z vaqtida bajarishda harbiy texnikalarni bir manzildan ikkinchi hududga beshikast yetkazishning ahamiyati ta’kidlandi.
Amaliy mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning bilim va tajribasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda aniq harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.






