Bilimli avlod — qudratli Vatan tayanchi
2026-05-19 17:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda qo‘mondonlik tasarrufidagi respublikamizning turli hududlarida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida davlat rahbarining tegishli qarorlari mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbirda kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish tartibi, uning bosqichlari, ishtirokchilar tarkibi hamda baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan yosh harbiylarning intellektual salohiyatini oshirish, mutolaa madaniyatini mustahkamlash va ma’naviy dunyoqarashini boyitishda kitobning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularni kelajakda munosib kasb egasi sifatida shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham muhim tavsiyalar bildirildi. Hududiy o‘rta maxsus texnikumlar bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari ijrosini samarali tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda yoshlarning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan mashg‘ulot davomida studiyalar bilan jonli aloqa o‘rnatilib, harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil va tushunarli javoblar oldi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati




