Muzeylarga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
2026-05-19 14:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida ishtirokchilar muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar, tarixiy yodgorliklar, qadimiy qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati namunalari hamda arxeologik topilmalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan eksponatlarning tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sayohat jarayonida yosh harbiylarda milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, ma’naviy dunyosini kengaytirish hamda xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






