Sherobodda hokim askarlar bilan uchrashdi
2026-05-19 11:30:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot davomida tuman hokimi o‘zining mehnat faoliyati, rahbarlik tajribasi hamda bugungi kunda zimmasidagi mas’uliyatli vazifalar haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, harbiy qismlardagi zamonaviy shart-sharoitlar, xizmat davomida berilayotgan imtiyozlar, oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi yengilliklar hamda kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, har bir askar xizmat davomida kamida bitta kasb yoki hunarni puxta egallashi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, askarlarning xizmat davomidagi dastlabki taassurotlari, taklif va istaklari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan ijobiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida askarlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi. Yakunda tuman hokimligi tomonidan 10 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi askarlaga sovg‘a qilindi.






