Yangi Oʻzbekiston armiyasi — imkoniyatlar va taraqqiyot maktabi
2026-05-18 19:30:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatchilar turli zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, IT va texnik yoʻnalishlarda bilim olish hamda xizmat koʻrsatish sohalarida amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish imkoniga ega boʻlmoqda.
Shuningdek, harbiy qismlarda xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini oʻqitish tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa yosh harbiylarning dunyoqarashi va intellektual salohiyatini kengaytirib, ularning kelajakdagi kasbiy rivojiga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha mashgʻulotlar ham muntazam tashkil etilib, ularning bilim saviyasi va mustaqil fikrlash qobiliyati mustahkamlanmoqda.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug Nukus garnizonidagi harbiy qismlarda ham ushbu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Zamonaviy oʻquv usullari va amaliy mashgʻulotlar orqali yosh askarlar IT texnologiyalari, xorijiy tillar hamda texnik kasblarni oʻzlashtirmoqda.
Shuningdek, taʼmirlash ustaxonalarida olib borilayotgan amaliy mashgʻulotlar harbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirib, ularni mustaqil mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi armiyamiz yoshlarni intizom, mardlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga, ularning kelajagi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bilimli va kasb-hunarli yoshlar esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati









