Hushyorlik va mas’uliyat — xavfsizlik garovi
2026-05-18 15:40:00 / Yangiliklar

Unda so‘zga chiqqan mutaxassislar hududlarda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari yuzasidan statistik ma’lumotlarni keltirib, mavjud holatlar bo‘yicha tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirdi. Shuningdek, real voqealar asosida tayyorlangan qisqa, ammo ta’sirchan videolavhalar namoyish etilib, ishtirokchilarda hushyorlik va ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiya va tushuntirishlarga ega bo‘ldi.
Profilaktik uchrashuvning ikkinchi qismida shaxsiy avtotransport vositasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bilan texnik xavfsizlik ko‘riklari o‘tkazildi. Avtotransport hujjatlari tekshirilib, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli yo‘riqnomalar berildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






