Muzeylar — tarix va ma’naviyat maskani
2026-05-18 15:35:00 / Yangiliklar

Ekskursiya davomida harbiy xizmatchilar muzey fondida saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, Boburiylar davriga oid noyob qo‘lyozmalar, qadimiy buyumlar hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning sermazmun hayoti va faoliyatini yorituvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdi. Muzey mutaxassislari tomonidan Boburning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, ilm-fan va adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, boy ma’naviy merosi hamda ibratli fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida harbiylar ajdodlarimizning jasorati, matonati va Vatanga sadoqatini aks ettiruvchi tarixiy manbalar orqali o‘zlarida milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada chuqur his etdi. Ayniqsa, Boburiylar saltanatiga oid noyob eksponatlar hamda tarixiy hujjatlar yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan muzey mutaxassislariga murojaat qilib, Boburiylar davri, tarixiy voqealar va buyuk ajdodlarimizning boy merosi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





