Aholi salomatligi yo‘lida
2026-05-15 19:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitali hamkorligida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Tibbiy ko‘rik davomida terapevt, kardiolog, onkomammolog, nevrolog, oftalmolog kabi mutaxassis shifokorlar tomonidan fuqarolar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, UTT, EKG va laboratoriya tahlillari ham amalga oshirildi.
Mazkur tibbiy ko‘rik aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa xotin-qizlar salomatligini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim аhamiyat kasb etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





