Harbiy xizmatchilar farzandlariga ta’lim olishda keng imkoniyatlar
2026-05-15 19:10:00 / Yangiliklar

Mazkur imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarni farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirishda besh foizlik alohida davlat kvotasi ajratilgan.
Shu bilan birga, xizmat vazifasini bajarish jarayonida halok bo‘lgan yoki nogironligi yuzaga kelgan harbiy xizmatchilar farzandlarini oliy ta’lim muassasalariga tanlovsiz qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi ham belgilangan.
Tadbir davomida Oliy maktab rahbariyati yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi o‘qish va hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, Vatanga sadoqat ruhida kamol topishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Tantanali marosim yakunida 14 nafar yigit-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga besh foizlik kvota asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Mazkur e’tibor va g‘amxo‘rlik yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.






