Qashqadaryoda imtiyozli tavsiyanomalar o‘z egalariga topshirildi
2026-05-15 16:30:00 / Yangiliklar

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida Qarshi garnizonida joylashgan harbiy qismlarda xizmat faoliyatini olib borayotgan, shuningdek, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.
Tadbirda so‘z olgan okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yoshlarning oldindagi maqsadlari sari dadil qadam bosishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aytib, bunda ulardan faqat ilm egallash talab qilinayotganini alohida ta’kidladi.
Harbiy xizmatchilarning 38 nafar farzandlariga topshirilayotgan ushbu tavsiyanomalar kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan 38 yigit-qizning orzulariga qo‘shqanot bo‘lishi shubhasiz. Yoshlar imtiyozli tavsiyanomalarni olar ekan kelajakda qanday sohada bo‘lmasin Vatan ravnaqiga kamarbasta bo‘lishga va’da berdilar.
Berilayotgan bu kabi imkoniyatlar harbiy xizmatchilarning o‘z vazifasiga yanada shijoat bilan yondashishiga, ertamiz egalarining esa Vatan himoyachisining farzandi ekanidan g‘urur hislarini oshishiga xizmat qilayotgani aniq.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






