Ishonch va e’tibor ifodasi
2026-05-14 19:00:00 / Yangiliklar

Marosimda okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, yoshlar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligi hamda xalqimiz farovonligi Vatan himoyachilarining sharafli va mas’uliyatli xizmatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois harbiy xizmatchilar farzandlariga ta’lim sohasida yaratilayotgan bunday imtiyoz va imkoniyatlar davlatimiz tomonidan ularga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tiborning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi.
Yakunda tavsiyanomalar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirilib, ularga kelgusi o‘qish va hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







