Har bir yosh — davlat e’tiborida
2026-05-14 16:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qo‘mondonlik rahbariyati, ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar tomonidan mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, ta’lim olish va kasb-hunar egallash uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, bugungi kunda ayrim yoshlar o‘rtasida kuzatilayotgan huquqbuzarliklar, nojo‘ya xatti-harakatlar va ularning salbiy oqibatlari yuzasidan ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tkazilib, unda voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlar bilan ochiq suhbatlar tashkil etildi. Yoshlarning qiziqishlari, hayotiy maqsadlari hamda kelajakdagi rejalari yuzasidan fikr almashildi, ularning muammolari va takliflari tinglandi.
Yakunda yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, ularni ta’lim muassasalari, kasb-hunar o‘quv kurslari hamda sport to‘garaklariga keng jalb etish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati





