Harbiylar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-05-14 15:15:00 / Yangiliklar

Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Marosim davomida mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, harbiylarning farzandlariga berilayotgan bunday imtiyoz va tavsiyanomalar ularning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini yanada kuchaytirishi, kelgusida Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimiz farovonligi hamda yurtimiz xavfsizligi Vatan himoyachilarining fidokorona va sharafli xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq ekanini alohida e’tirof etdi. Shu bois harbiy oilalarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik davlatimizning inson qadri va ijtimoiy himoya tamoyillariga sodiqligining yana bir amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar kelajak avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd qilindi. Harbiy xizmatchilar farzandlariga topshirilgan imtiyozli tavsiyanomalar esa ularning oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlari sari dadil qadam tashlashida mustahkam motivatsiya vazifasini o‘taydi.
Yakunda tavsiyanoma olgan yoshlar yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yuqori natijalarga erishish, ota-onalari singari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






