Turkiya harbiy delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi
2026-05-14 20:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida delegatsiya rahbari Oʻzbekistonda boʻlib turganidan mamnun ekanligini bildirib, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli modernizatsiya va islohotlar jarayonlarini yuksak baholashini taʼkidladi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mehmonlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida bo‘lib, tarixiy ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida ularga xalqimizning jasorati, matonati va fidoyiligi haqida batafsil ma’lumot berildi hamda mazkur majmualarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati alohida e’tirof etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





