Ilm sari yo‘l ochgan e’tibor va g‘amxo‘rlik
2026-05-13 18:40:00 / Yangiliklar

Ko‘tarinki va tantanavor ruhda o‘tgan marosimda okrug qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun taqdim etiladigan imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan bugungi kunda mamlakat taraqqiyoti, yurt ravnaqi va xalq farovonligi, avvalo, bilimli, salohiyatli hamda vatanparvar yoshlar qo‘lida ekanligi alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, ilmli va intellektual salohiyatga ega avlod — davlatning ertangi kuni, millat tayanchi va taraqqiyotning eng ishonchli kafolatidir.
Marosim davomida yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish, yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qiladigan, xalq manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetish tilaklari bildirildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






