Sharqiy harbiy okrugda imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-05-13 16:10:00 / Yangiliklar

Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imkoniyat beruvchi imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda so‘z olgan mas’ullar mamlakatimizda yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar oilalariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor yoshlarning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi va kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, marosim davomida yoshlarga davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirish, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish hamda Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan barkamol insonlar bo‘lish tilaklari bildirildi. Ota-onalar va harbiy xizmatchilar tomonidan ham ushbu e’tibor yuksak mamnuniyat bilan qarshi olinib, farzandlar kelajagi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotganining yorqin namunasi ekani e’tirof etildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









