Harbiy xizmatchilar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-05-12 19:40:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda okrug qo‘mondonligi, Toshkent harbiy prokuraturasi, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, yurt ravnaqi hamda mamlakat taraqqiyotida munosib o‘rin egallashi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanib, yoshlarga kelgusida davlat imtihonlaridan muvofaqqiyatli o‘tishlari tilandi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning kelgusida Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishida muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






