Ikki tomonlama hamkorlikdagi memorandum imzolandi
2026-05-12 19:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot va xavfsizlik yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Xususan, mazkur memorandum ta’lim, ilmiy-innovatsion faoliyat, harbiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilar, kursantlar hamda talabalar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.
Ta’kidlanganidek, memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.



