Samarqandda marhum harbiy xizmatchi xotirasiga byust o‘rnatildi
2026-05-10 12:05:00 / Yangiliklar

Tadbirda Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari, faxriylar, nuroniylar, mahalla faollari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Mirzaaxmedov Akmal Nasriddinovich 1982-yilda Toyloq tumanida tavallud topgan bo‘lib, muddatli harbiy xizmatni o‘tagach, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida snayper sifatida xizmat qilgan. Namunali xizmatlari uchun serjant harbiy unvoniga sazovor bo‘lgan. U 2012-yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.
Tadbir davomida marhumning hayoti va Vatan oldidagi xizmatlari yod etilib, uning farzandiga oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma topshirildi. Oila a’zolariga moddiy yordam va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






