Shahrisabzda mudofaa ishlar boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi
2026-05-09 13:00:00 / Yangiliklar

Marosimda viloyat hokimi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi soʻzga chiqib, mudofaa ishlar boʻlimlari chaqiriluvchi yoshlar uchun armiya haqidagi dastlabki tasavvurni beruvchi maskan ekanini taʻkidlab, bu kabi shart-sharoitlarni asrash kerakligini alohida taʻkidladilar.
Navbatchilik xonasi, boshqaruv punkti, arxiv, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish hamda chaqiriluvchilar va hisobda turuvchilar haqida elektron maʻlumotlar bazasini yuritish kabi xonalarda sifatli xizmat olib borish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Har bir xonada oʻrnatilgan kompyuter jamlanmalari, aloqa vositalari eng soʻngi zamon talablariga javob beradi. Koʻrgazmali hamda targʻibot materiallari bilan boyitilgan maskan tashrif buyurgan har bir chaqiriluvchi oʻziga kerakli maʻlumotlarni oson olishi uchun xizmat qiladi.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







