Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tdi
2026-05-09 11:30:00 / Yangiliklar
Bugun 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlar Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida ham ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimliklari, okrug qo‘mondonliklari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Marosimlar doirasida xotira hiyobonlaridagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyildi. Bugungi tinch kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi.









