Mard oʻgʻlon xotirasi e’zozlandi
2026-05-09 08:30:00 / Yangiliklar

Unda mehmonlar qahramon harbiyning oila aʻzolari holidan xabar olib, ularga samimiy ehtirom va mehr koʻrsatildi. Suhbat chogʻida Vatan himoyasi yoʻlida jonini fido qilgan fidoyi oʻgʻlonlarning jasorati xalq qalbida mangu yashashi, ularning xotirasi doimo eʻzozlanishi alohida taʻkidlandi.
Dilshod Asanovning onasi farzandi haqida soʻzlar ekan, uning bolaligidan Vatanga sadoqat ruhida ulgʻayganini, harbiy xizmatni orzu qilganini gʻurur va iftixor bilan esladi.
— “Dilshod yurt tinchligini hamma narsadan ustun qoʻyardi. Har safar xizmatga ketayotganda: ʻOna, xalqimiz tinch boʻlsa, bizning xizmatimiz zoye ketmaydiʻ, der edi. Bugun oʻgʻlimning nomi eʻzozlanayotgani qalbimizga taskin beradi”, — dedi qahramonning onasi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlari oila vakillariga topshirildi. Qahramonning yaqinlari koʻrsatilayotgan yuksak eʻtibor va gʻamxoʻrlik uchun oʻz minnatdorligini bildirdi.
Yakunda qahramon harbiyning xotirasi hurmat bilan yod etilib, uning jasorati yosh avlod uchun chinakam mardlik va fidoyilik namunasi ekani taʻkidlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





