Tarixiy qahramonlik va fidokorona mehnat sharaflanmoqda
2026-05-08 18:40:00 / Yangiliklar

Yo‘qlovlarda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va muassasalar rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.
Mehmonlar faxriylarimizning xonadonida bo‘lib, ular bilan samimiy suhbat qurdi. Urush yillari, o‘sha mash’um davrlar eslandi, o‘zbek xalqining qahramonliklari xotirlandi. Prezidentimizning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Hozirgi kunda sanoqli bo‘lsa-da, o‘sha olovli frontdan tirik qaytish nasib etgan mard va jasur faxriylarimiz yurtimizning turli burchaklarida umrguzaronlik qilib kelishmoqda. Y
Yo‘qlovlarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga, front orti mehnat faxriylariga bir martalik pul mukofotlari hamda bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bugun Xotira va qadrlash kunini yuksak darajada nishonlash, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining tarixiy qahramonligi, fidokorona mehnatini sharaflash, yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugungi tinch, dorilamon kunlarning qadr-qimmatini chuqur his etmoq barchamizning muqaddas burchimizdir.
Yo‘qlovlar davom etmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









