Yurtimiz bo‘ylab 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda
2026-05-08 16:30:00 / Yangiliklar
Bugun Respublikamiz bo‘ylab 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat hokimliklari, okrug qo‘mondonliklari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.
Xususan, xotira hiyobonlaridagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyildi. Bugungi tinch kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi.









