Xotira va ehtirom timsoli
2026-05-08 15:30:00 / Yangiliklar

Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Zoirjon Bozorboyev boshchiligidagi mehmonlar Prezidentimiz yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirib, 30 million so‘mlik bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshirishdi.
Galina Konstantinovna 1937-yil 14-fevralda Belarusiyada tug‘ilgan. U 1941–1945-yillarda Ikkinchi jahon urushi davrida konslager tutqunligida bo‘lgan insonlardan biridir. Urushning og‘ir va mashaqqatli kunlarini boshdan kechirgan Galina opa 1946-yildan buyon Toshkent shahrida istiqomat qilib kelmoqda.
Mehnat faoliyati davomida u uzoq yillar Toshkent tibbiyot instituti tipografiyasida ishlab chiqarish bo‘limi mudirasi lavozimida samarali faoliyat yuritgan. Halol mehnati va matonati bilan el hurmatini qozongan faxriy bugungi kunda ham davlat va jamiyat e’tiborida.
Tashrif davomida mutasaddilar faxriyning salomatligi, yashash sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdilar. Galina Konstantinovna ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.
— Eng katta boylik — tinchlik. Bugungi yoshlar urush dahshatini ko‘rmasin, yurtimiz doimo tinch bo‘lsin, — deya o‘z tilaklarini bildirdi u.
Faxriyga har yili Xotira va qadrlash kuni arafasida bir martalik pul mukofotlari hamda turli sovg‘alar topshirib kelinmoqda. Shuningdek, unga doimiy tibbiy patronaj xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Bunday e’tibor va ehtirom yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotgani, ayniqsa urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat ko‘rsatilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.



