Dog-biatlonda jasorat va mahorat sinovi
2026-05-08 13:40:00 / Yangiliklar

Toʻrtta ayollar (Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyadan ikkitadan) va toʻqqizta erkaklar (Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyadan ikkitadan), jami oʻn uchta jamoa tarkibida ellikka yaqin harbiy kinolog oʻz xizmat itlari bilan toʻrt kun davomida sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Musobaqa yakkalik va jamoaviy biatlon hamda 300 metrlik toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish shartlari boʻyicha oʻtkazildi.
Kutilganidek, musobaqaning birinchi kuni murosasiz bahslarga boy boʻldi. Erkaklar bellashuvlarida sovrinli oʻrinlar uchun kurashda Mudofaa vazirligi va Chegara qoʻshinlari jamoasi aʼzolari oʻrtasida kechdi. Musobaqaning ayollar oʻrtasidagi aynan shu yoʻnalishida birinchi oʻrin ham Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilarga nasib etdi.
300 metrlik toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish bahslarining shaxsiy birinchiligi Suhrobjon Bogʻibekov (Mudofaa vazirligi) tomonidan zabt etildi. Mazkur natijaning eʼtiborli jihati shundaki, mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida muddatli harbiy xizmat burchini oʻtaganiga koʻp boʻlmagan qatnashchiga nasib etdi. Suhrobjon ushbu shartda 1 daqiqa, 7,40 soniya natija koʻrsatib musobaqaning yangi rekordini oʻrnatdi. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan dog-biatlon musobaqasi tomoshabinlarga boy boʻlganligi alohida taʼkidlash oʻrinli. Chirchiqlik yoshlar va dog-biatlon bahslarining haqiqiy ixlosmandlari harbiy kinologlar mahorati va “Mona”, “Elgiz”, “Berg”, “Klif”, “Gita”, “Rokki” kabi xizmat itlarining harakatlarini olqishlar bilan kuzatib borishdi.
Yakkalik bahslari. Erkaklar. Dog-biatlon. 1. Kichik serjant Jonibek Faxriddinov (DXX Chegara qoʻshinlari). 2. Shohrux Javqochev (Mudofaa vazirligi). 3. Doston Chinpoʻlatov (DXX Chegara qoʻshinlari).
300 metrlik toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish. Kichik serjant Suhrobjon Bogʻibekov (Mudofaa vazirligi). 2. II-darajali serjant Daler Ikromov (Mudofaa vazirligi). 3. Kichik serjant Qahramon Gʻofurov (DXX Chegara qoʻshinlari).
Erkaklar. Dog-biatlon. Estafeta.
1. Mudofaa vazirligi. 2. Milliy gvardiya. 3. DXX Chegara qoʻshinlari.
Erkaklar oʻrtasidagi yakuniy jamoaviy natijalar:
1. Mudofaa vazirligi. 2. DXX Chegara qoʻshinlari. 3. Milliy gvardiya.
Ayollar. Yakkalik bahslari. Dog-biatlon. 1. Kichik serjant Irodaxon Olimova (Mudofaa vazirligi). 2. Kichik serjant Oydin Ikromova (Milliy gvardiya). 3. II darajali serjant Mohira Niyozova (Milliy gvardiya).
Ayollar. 300 metrlik toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish. 1. III darajali serjant Saida Abdumoʻminova (Mudofaa vazirligi). 2. III darajali serjant Viktoriya Morozova (Mudofaa vazirligi). 3. Leytenant Dilbarxon Shukurova (Milliy gvardiya).
Ayollar. Dog-biatlon. Estafeta.
1. Mudofaa vazirligi 1-jamoasi.
2. Mudofaa vazirligi 2-jamoasi.
3. Milliy gvardiya.
Ayollar oʻrtasidagi yakuniy jamoaviy natijalar:
1-oʻrin Mudofaa vazirligi 1-jamoasi.
2-oʻrin Mudofaa vazirligi 2-jamoasi.
3-oʻrin Milliy gvardiya jamoasi.
Oʻz jamoalari sharafini munosib himoya qilgan gʻolib hamda sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida qatnashchilar musobaqani ijobiy tashkillashtirishda oʻz hissasini qoʻshgan Shodiyor Shomurodov, Javlon Nizomov, Romesh Iskandarov, Shokir Joʻrayev, Ahmadjon Gadoyev, Zohid Azimov singari Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazi mutaxassislariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Asror ROʻZIBOYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









