Burch, jasorat va matonat timsoli
2026-05-08 12:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda harbiy prokuratura xodimlari hamda yoshlar ham ishtirok etdi. Faxriy bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuv davomida uning mashaqqatli hayot yo‘li, urush yillaridagi jasorati, Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
Harbiylar va yoshlar faxriyni bayram bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va xonadoniga fayzu baraka tiladi. Suhbat jarayonida urush faxriysi tomonidan yoshlarga tinchlikning qadriga yetish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish hamda yurt ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilish haqida hayotiy o‘git va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar faxriyning xonadonida tashkil etilgan uy muzeyi bilan ham yaqindan tanishdi. Unda urush yillariga oid tarixiy suratlar, esdalik buyumlari, mukofot va hujjatlar jamlangan bo‘lib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan ajdodlar jasorati va matonati aks etgan eksponatlar katta qiziqish bilan tomosha qilindi.








