Tarixiy xotira — millat ma’naviyatining asosi
2026-05-07 16:50:00 / Yangiliklar

Unda tarixchi olimlar, muzey mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, harbiy soha vakillari, tadqiqotchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida sovet repressiyasi yillarida milliy harbiy kadrlarning taqdiri, ularning xalq va Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari, qatag‘on siyosatining og‘ir oqibatlari hamda tarixiy adolatni tiklash borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatida Mudofaa vazirligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan ma’ruzalar qilinib, qatag‘on davrining achchiq saboqlari, milliy harbiy ziyolilar va qo‘mondonlarning murakkab hayot yo‘li haqida atroflicha fikr bildirildi. Ta’kidlanganidek, tarixni xolis o‘rganish va ajdodlar xotirasini e’zozlash bugungi yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tadbir davomida qatag‘on davriga oid tarixiy fotosuratlar, arxiv hujjatlari hamda muzey eksponatlari namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, o‘sha murakkab davrda nohaq ayblovlarga uchragan milliy harbiy kadrlar faoliyati va ularning jasorati haqidagi ma’lumotlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.
Yakunda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan Vatan, jasorat va insoniy qadriyatlarni madh etuvchi ma’naviy-musiqiy chiqishlar taqdim etildi. Kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda yuksak ruhiy taassurot uyg‘otib, tadbirning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








