Tarixiy xotira — millat ma’naviyatining mustahkam poydevori
2026-05-07 09:30:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi hamda Toshkent shahar Mudofaa ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va unga tenglashtirilgan, Leningrad qamali guvohi bo‘lgan, Toshkent shahar Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi Kamarova Mariya Sergeyevnaning holidan xabar olindi.
Tadbir davomida nuroniy faxriyga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ishchi guruh tomonidan birlamchi tibbiy ko‘rik tashkil etildi hamda zarur dori vositalari taqdim qilindi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan uy-ro‘zg‘or ishlarida amaliy yordam ko‘rsatilib, faxriyning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirishga hissa qo‘shildi.
Samimiy muloqot jarayonida Kamarova Mariya Sergeyevna o‘zining hayot yo‘li, urush yillaridagi og‘ir sinovlar hamda matonat bilan bosib o‘tilgan yo‘llar haqida so‘zlab berdi. U bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yurt tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlar xotirasini e’zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati



