Samarqandda navbatdagi ommaviy sport ishlari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi
2026-05-06 19:40:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilarni jismonan chiniqtirish, ularning chidamliligi, tezkorligi va kuchini oshirish orqali yuklatilgan jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga doimo tayyor holatga keltirishdan iborat. Shu bilan birga, ommaviy jismoniy mashg‘ulotlarga keng jalb etish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va harbiy jamoalarda ijobiy ruhiy muhitni mustahkamlash ham muhim vazifalardan sanaladi.
Ana shunday sport ishlari ko‘rigi Serjantlar tayyorlash oliy maktabida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Ko‘rik jarayonida harbiy xizmatchilar belgilangan normativlar asosida turli jismoniy mashqlarni bajarib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini amalda namoyon etdilar. Mashqlar davomida ishtirokchilarning intizomi, bardoshi va kasbiy tayyorgarligi Mudofaa vazirligi ma’sul ofitserlarining e’tibor markazida bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, bunday ko‘riklar nafaqat jismoniy ko‘rsatkichlarni baholash, balki harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligi, irodaviy sifatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, sport ishlari ko‘riklari harbiy xizmatchilarning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishida, ularning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.








