“Osiyo yoʻlbarsi”: Ajdodlar qahramonligi aks etgan film
2026-05-06 19:30:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan har yili mamlakatimiz boʻylab Xotira va qadrlash kuni arafasida yuzlab tadbirlar tashkillashtiriladi, Vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etilib, bugungi tinch hayotimizga munosib hissa qoʻshayotgan urush va mehnat faxriylariga alohida hurmat va eʼtibor koʻrsatiladi. Shuningdek, ularning bugungi avlodga oʻrnak boʻladigan qahramonligi haqida kitoblar chop etilishi, filmlar suratga olinishi anʼanaga aylangan. 2026-yil “Osiyo yoʻlbarsi” filmi ana shu roʻyxatdan muvaffaqiyat bilan joy oldi desak adashmagan boʻlamiz.
Fargʻonalik 2-jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev hayoti haqida hikoya qiluvchi mazkur kinoasar Kinematografiya agentligi hamda “Oʻzbekfilm” ijodkorlarining mashaqqatli va muvaffaqiyati mehnatidan soʻng 9-may kuni katta ekranlarga chiqadigan boʻldi. Postonovkachi rejissyor, “Oʻzbek qizi” filmi muallifi Akbar Bekturdiyev beloruslik hamkasblari bilan hamkorlikda yana bir mufavvaqiyatli kartinani suratga oldi.
Bugun poytaxtimizdagi “Renesans” kinosaroyida filmning norasmiy taqdimoti boʻlib oʻtdi. Qisqa qilib aytganda, rasmiy taqdimot 9-may kuni Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida boʻlib oʻtadi. “Renesans” kino uyida kinoasarni tomosha qilgan Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan “Oʻzbekfilm” ijodkorlarining ishiga yuqori baho berildi.
Mudofaa vaziri oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Mudofaa vazirining vatanparvarlik targʻiboti, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar va yoshlar ishlari boʻyicha maslahatchisi Olimjon Oʻsarov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotda namoyish jarayonidagi yutuqlar eʼtirof etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




