Shimolda “General yosh askarlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-05-06 18:20:00 / Yangiliklar

Ana shu ezgu maqsadlar yoʻlida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov ishtirokida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugdagi muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida general harbiy xizmatchilarni hayotlaridagi muhim va sharafli bosqich — harbiy xizmat safiga qoʻshilganliklari bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bildirib oʻtdi.
Jumladan, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yigitlar xizmat davomida turli kasb-hunarlarni egallash, oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish, zamonaviy bilimlarga ega boʻlish imkoniyatlariga ega ekani taʻkidlandi. Shuningdek, buning natijasida oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga kirish, masofaviy taʻlim olish, kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha sertifikatlarga ega boʻlish hamda foizsiz taʻlim kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. Shu bilan birga, harbiy xizmat davomida jismoniy va maʻnaviy jihatdan chiniqish uchun keng sharoitlar yaratilgani alohida taʻkidlandi.
Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida oʻtdi. Yosh askarlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlari bilan faol ishtirok etib, ularga batafsil javoblar olishdi.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati





