Urush faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
2026-05-06 08:55:00 / Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi poytaxtimizning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriysi, 1945-yilda nemis fashistlari konslagerida dunyoga kelgan Vera Juravskayaning xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar olishdi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, shuningdek, milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr almashildi.
Mehmonlar faxriyning ehtiyojlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi hamda uy-ro‘zg‘or ishlarida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Harbiy orkestr ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar faxriymizga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Yakunda Vera Anatolevna davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, shuningdek, harbiy xizmatchilarning samimiy munosabati uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.



