Kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-05 16:45:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi tizimida kadrlar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, inson resurslarini boshqarishda ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xizmat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlash orqali tizim samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Kadrlar tizimida uchrayotgan muammolar, ularning sabablari hamda ularni bartaraf etishning samarali mexanizmlari yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Yakunda mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.





