Milliy kurash bo‘yicha respublika miqyosidagi musobaqa bo‘lib o‘tdi
2026-05-05 15:50:00 / Yangiliklar

Musobaqada Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti va uning institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Bellashuvlar yuqori saviyada, keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Har bir ishtirokchi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, epchilligi va matonatini namoyon etib, g‘alaba uchun bor kuchini safarbar qildi. Musobaqa davomida milliy kurashning o‘ziga xos usullari, halollik va sport etikasi tamoyillari ustuvor bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa Ichki ishlar akademiyasi jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.





