“Ajdodlar izidan” — bilim va tafakkur sinovi
2026-05-04 18:00:00 / Yangiliklar

Mazkur bellashuvda kuch tuzilmalari tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar hamda xodimlar faol ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarning nafaqat umumiy bilim darajasini sinovdan o‘tkazish, balki ularning tarixiy merosimiz, boy milliy qadriyatlarimiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy xazinaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Bellashuv davomida berilgan savollar ishtirokchilarning keng dunyoqarashi, tezkor fikrlash qobiliyati, mantiqiy tahlil yurita olish salohiyatini har tomonlama sinovdan o‘tkazdi.
Qizg‘in bahs-munozaralar, mantiqiy savol-javoblar va sog‘lom raqobat muhitida o‘tgan o‘yin jarayonida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, bilim va intellektual ustunlik uchun kurash olib bordilar. Har bir bosqich yuqori tashkilotchilik asosida, shaffof va xolis baholash mezonlariga amal qilingan holda o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
— 1-o‘rin Bojxona boshqarmasi jamoasiga;
— 2-o‘rin Chegara qo‘shinlari jamoasiga;
— 3-o‘rin esa Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









