Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
2026-05-02 12:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda tumani hokimi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, faxriylar hamda “Jasorat maktabi” o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur yangi bino barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lib, fuqarolar va chaqiriluvchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada qulay va samarali tashkil etishga xizmat qilishini takidlab, chaqiruv jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilgani, fuqarolar va ularning ota-onalari jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniga ega ekanligini aytib o‘tishdi.
Yangi bino zamonaviy texnika va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanib, fuqarolar va harbiy xizmatchilar uchun qulay hamda samarali xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi. Bu esa yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida mehmonlar yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati









