Xotira qadri hamisha buyuk
2026-05-02 11:40:00 / Yangiliklar
9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Parkent tumani Nomdanak qishlogʻida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anorboy Jalilovning holidan xabar olindi.

Hayotda koʻp-koʻp sinovlarni koʻrgan, qariyb bir asrlik hayot tajribasiga ega boʻlgan qahramonimizning xonadonida bu gal Mudofaa vazirligi Faxriylar Kengashi aʻzolari, Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi ofitserlari, mudofaa ishlar boʻlimi vakillari hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʻzolari mehmon boʻlishdi.
Samimiy suhbatlarda davomida suronli yillar esga olinib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik naqadar muhim ekanligi shukronalik bilan tilga olindi.
Umuman olganda oʻtganlarni xotirlash, Anorboy ota singari safimizda yurganlarning qadriga yetish esa oliy qadriyat va muqaddas burchimizdir.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





