“Jasorat uchqunlari” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi
2026-04-30 14:20:00 / Yangiliklar

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi, Toshkent harbiy prokuraturasi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada 10 dan ortiq jamoalar g‘alaba sari qat’iyat bilan intilib, o‘zining bilim, mahorat va tayyorgarligini namoyon etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar harbiy tayyorgarlikni oshirish va mustahkamlashga qaratilgan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Xususan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, saf yurishlari va saf qo‘shiqlari, arqon tortish hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi yo‘nalishlarda nafaqat jismoniy, balki ma’naviy-ma’rifiy bilimlari ham sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
• 1-o‘rin — Chilonzor tumani 138-maktab jamoasi;
• 2-o‘rin — Yunusobod tumani 58-maktab jamoasi;
• 3-o‘rin — Mirzo Ulug‘bek tumani 148-maktab jamoasi egalladi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







