Burch, jasorat, matonat
2026-04-29 18:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, Farg‘ona viloyati Toshloq tumani “Shodlik” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 103 bahorni qarshi olgan faxriy Odiljon ota Zokirov xonadoniga harbiy xizmatchilar yo‘qlov tadbiri uyishtirdi. Shu bilan birga, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi, 1925-yilda tavallud topgan, bugun 101 yoshni qarshi olayotgan faxriy Umarali ota Atabayev holidan ham xabar olindi.
Samimiyat va ehtirom ruhida o‘tgan uchrashuvlarda faxriylar bilan dildan suhbatlar qurilib, ularning urush yillaridagi mashaqqatli hayoti, front ortidagi fidokorona mehnati, jang maydonlaridagi jasorati alohida e’tirof etildi.
Ayniqsa, Odiljon ota Zokirovning hayot yo‘li katta hurmat bilan tilga olindi. U 1942-yil sentabr oyida harbiy xizmatga chaqirilib, Ukraina, Xarkov, Belgrad, Denisovka va Velikolukskiy yo‘nalishlarida kechgan shiddatli janglarda artilleriya bo‘linmasida razvedkachi sifatida jasorat bilan xizmat qilgan. Uning mardligi, sabot va matonati bugungi avlod uchun chinakam ibrat maktabidir.
Yo‘qlov davomida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriylar xonadonlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, uy-ro‘zg‘or yumushlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati



